Ana xolos! Chempionatda peshqadamlik qilayotgan "Maklaren" poygachilari diskvalifikatsiya qilindi

  • 23.11.2025 16:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Formula-1 Las-Vegas Gran-prisi yakuni bo‘yicha nostandart tekshiruv o‘tkazilganini ma’lum qildi, chunki poyga yakunlari bo‘yicha ochkolar zonasiga tushgan 10 ta bolidning har biri ostidagi sirpanish plankalari o‘rganilgan.

Shu tariqa Maks Verstappen ("Red Bull"), Lando Norris ("Maklaren"), Jorj Rassell ("Mersedes"), Oskar Piastri ("Maklaren"), Andrea Kimi Antonelli ("Mersedes"), Sharl Lekler ("Ferrari"), Karlos Sayns ("Uilyams"), Isak Xajar ("Reysing Bullz"), Niko Xyulkenberg ("Kik-Zauber") va Lyuis Xemilton ("Ferrari") mashinalari tekshirildi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, "Maklaren"ning ikkala poygachisining plankasi belgilangan 9 millimetrdan yupqaligi aniqlangan, ikkala poygachi diskvalifikatsiya qilindi.

Buning natijasida Las-Vegas Gran-prisi yakuniy natijalari quyidagiga o‘zgardi.

Image

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!