Ana xolos! Chempionlar ligasi qur’asi qayta o‘tkazilishi mumkin
Bir necha daqiqalar oldin FIFA qarorgohida Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Atletiko" qur’a marosimidagi xato bo‘yicha UEFA bilan muzokara olib bormoqda. Gap shundaki, guruh bosqichida to‘qnash kelgan "Vilyarreal" va MYu nimchorak finalda o‘ynamasligi kerak. Ispan klubining savatida esa, "Manchester Yunayted" bo‘lgan. Xuddi shunday holat "Atletiko" va "Liverpul" o‘rtasida ham kuzatilgan.
Shuningdek, MYu "Atletiko"ga qarshi tushishi mumkin bo‘lgan jamoalar savatchasida bo‘lmagan. Va ushbu xato "Liverpul" va "Vilyarreal" bilan ham ro‘y bergan.
Katta ehtimol bilan, qur’a tashlash marosimi qayta o‘tkazilishi mumkin.

Fikrlar