Ana xolos! Chexiya terma jamoasi hujumchisi 27 yoshidayoq butsalarini mixga ildi

  • 20.02.2020 18:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Praganing “Sparta” klubi hujumchisi Vatslav Kadlets professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

27 yoshli chexiyalik futbolchi o‘zining instagramdagi sahifasida ma’lum qilishicha, tizzasidagi jarohati unga boshqa futbol o‘ynash imkonini bermaydi.

Ma’lumot uchun, Kadlets Chexiya terma jamoasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4 ta gol urishga erishgan. U shuningdek “Ayntraxt” va “Midtyulland” klublarida ham to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!