Ana xolos! Evro-2020 da vaqtinchalik futbolchi almashtirishga ruxsat berilishi mumkin

  • 28.11.2019 15:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugun, 28 noyabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashining yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yig‘ilish davomida futbolda ham vaqtinchalik futbolchi almashtirishlarni joriy etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Murabbiylarga maydonda o‘yin davomida miya chayqalishini boshdan kechirgani taxmin qilingan futbolchilarni vaqtincha almashtirish imkoni berilishi mumkin.

Agar ushbu taklif qabul qilinsa, undan kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Evro-2020 musobaqalaridayoq foydalanish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!