
Ana xolos! Frantsiyaning ikki futbolchisi final oldidan shamollab qoldi
Frantsiya terma jamoasining ikki futbolchisi jahon chempionati finali oldidan shamollab qoldi.
"RMC Sport nashri bergan xabarga ko‘ra, ushbu futbolchilar - Rafael Varan va Konate.
Vaziyat u qadar ham yomon hisoblanmasa ham Frantsiya terma jamoasi shtabidagilar ularning holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Hafta boshida Upamekano hamda Rabo ham shamollab qolgandi. Shu tufayli, ular yarim final uchrashuvida maydonga tushmadi. Hozir ularning holati ancha yaxshi.
Shuningdek, Kingsli Koman ham mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. U sog‘aygan bo‘lsa ham tavakkal qilishni istamadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Frantsiya terma jamoasi hamon koronavirus uchun test sinovlaridan o‘tmagan.
Fikrlar