Ana xolos: Futbolchi “Barsa” bilan shartnoma tuzishni istamadi
“Barselona” markaziy himoyachisi Andreas Kristensen klubning hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklifiga rad javobini berdi. Lekin shunga qaramay, u hali ham klubda qolishi mumkin.
Daniyalik futbolchi Kataloniya klubining birinchi taklifini undagi shartlar ma’qul kelmagani bois, qabul qilmagani aytilmoqda.
Biroq, jurnalist Roher Torelyo ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi baribir klubda qolishni istaydi va uning agenti yaqin vaqt ichida yangi muzokara o‘tkazadi.
Kristensening “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum tugagach yakunlanadi.
Jarohatlar sabab futbolchi bu mavsumda Hans-Diter Flik jamoasida atigi 17 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Fikrlar