Ana xolos! Gollandiya chempionatida mavsum muddatidan avval yakunlandi
Gollandiya chempionatida mavsum yakuniga etmaydigan bo‘ldi. De Telegraaf nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mavsum muddatidan avval yakunlangani bois chempion e’lon qilinmaydi va hech qaysi klub quyi divizionga tushirib yuborilmaydi.
Ta’kidlash kerakki, Gollandiya chempionatida 1945 yildan keyin ilk bor chempion nomi aniqlanmaydigan bo‘ldi.
Lekin, yuqoridagi holat yuzasidan hozircha rasmiy bayonot e’lon qilinmadi. 25 tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida “Ayaks” 56 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan edi.
Fikrlar