Ana xolos! Hakam "Navbahor" foydasiga penalti bermagani ma’lum bo‘ldi (video)

  • 17.03.2022 21:07
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Qo‘qon-1912” (2:0) uchrashuvida hakamlar tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha O‘FA Hakamlar bo‘limining xulosasi ma’lum qilindi. 

"34-daqiqada “Navbahor” vakillari hujum uyushtirgan vaqtda namanganlik hujumchi tepgan to‘p “Qo‘qon-1912” futbolchisining o‘ng qo‘liga tegib maydonni tark etdi. Mazkur vaziyatda bosh hakam burchak to‘pi belgiladi.

Ushbu holatda himoyachining qo‘li tabiiy ravishda emas va to‘p undan o‘tganda bo‘sh qolgan darvozaga kirar edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mazkur holatda penalti va yaqqol goldan mahrum qilgani uchun himoyachiga nisbatan qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi. Yuqoridagi vaziyat o‘yin taqdiriga emas, balki hisobiga ta’sir ko‘rsatgani inobatga olinib, bosh hakamga nisbatan ogohlantirish va o‘yinda ishlagani uchun past baho beriladi"-deyiladi xabarda.

capture - 09 fevralya 2022 - 04-00-15 (2)

O‘FA matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ikromjon Ruzimatov
17/03/2022 22:35
Vaziyat to'liq ko'rsatilmagan yiqilayotgan paytta qo'lini op qochishti imkoni yuq bu videoda hakamga qo'shilaman