Ana xolos! Italiya terma jamoasidan haydalgan Venturani APLga taklif qilishmoqda

  • 24 noyabr, 2017, 15:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiiyi Jampero Ventura faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 69 yoshli italiyalik mutaxassisga “Uotford” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Gap shundaki, klub rahbariyatining birdan bunday qarorga kelib qolishiga jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Marku Silvaning “Everton”ga o‘tib ketish havfi sabab bo‘lmoqda. Aytish kerakki, aynan “irischilar” Ronald Kumandan bo‘shagan joyga Silvani olib kelishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ventura JCh-2018 saralashida Italiya terma jamoasi bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragach, mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan iste’foga chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!