Ana xolos! La Ligada yana koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatildi

  • 29 dekabr, 2021, 22:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani munosabati bilan sport tadbirlarida ishtirok etish uchun yangi cheklovlar joriy etildi. 

Unga ko‘ra, futbol o‘yinlari va boshqa ochiq havodagi musobaqalarga tashrif buyurishning maksimal darajasi 100 foizdan 75 foizga, basketbol va boshqa yopiq inshootlarga - 80 foizdan 50 foizga qisqartirildi. 

Stadionlarga kirishda bir qator cheklovlar mavjud. Jumladan, hamma niqob taqishi zarur. Bundan tashqari, arenalarda chekish va ovqatlanish taqiqalanadi, lekin tomoshabinlarga suv ichishga ruxsat beriladi. 

Qayd etish lozim, La Liga o‘yinlari 31 dekabr kuni 19-turdan o‘rin olgan "Valensiya" - "Espanol" uchrashuvi bilan davom etadi. Qolgan bahslar 2-3 yanvar kunlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!