Ana xolos! "Lion" Frantsiya kubogidan chetlashtirildi

  • 28.12.2021 13:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya kubogining 1/32 final bosqichidan o‘rin olgan “Parij” va “Lion” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng maydonda muxlislar ishtirokida ommaviy tartibsizlik sodir bo‘lgan va o‘yin muddatidan avval yakunlangan edi.

Mamlakat futbol federatsiyasi bugun ushbu holat yuzasidan o‘z qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Parij” ham, “Lion” ham musobaqadan diskvalifikatsiya qilindi.

Shu tariqa “Nitstsa” avtomatik tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!