Ana xolos: “Liverpul” Kloppni qaytaradi

  • 27 oktabr, 07:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilning yozida “Liverpul” boshqaruvida Yurgen Kloppning o‘rnini egallagan Arne Slot debyut mavsumidayoq Angliya Premer-ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritganidan keyin muxlislar yangi murabbiyga katta ishonch bildirgan edi.

Tecno

Ammo joriy mavsumda ishlar avvalgidek silliq ketmayapti. “Liverpul” chempionatni qatorasiga beshta g‘alaba bilan boshlaganiga qaramay, keyingi to‘rtta uchrashuvda raqiblarga imkoniyatni bor berdi.

CaughtOffside va IndyKaila News kabi manbalarning xabar berishicha, klub rahbariyati yaqin kelajakda Yurgen Kloppni yana ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Germaniyalik mutaxassis yaqinda kelajagi haqida fikr bildirib, agar murabbiylikka qaytsa, Angliyada “Liverpul”da boshqa klubda ishlamasligini aytgandi. Uning bu so‘zlari mersisaydliklarda yana hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga umid uyg‘otdi.

Yurgen Klopp 2015-2024 yillar davomida “Liverpul”ni muvaffaqiyatli boshqarib, Evropa Chempionlar ligasi va Angliya Premer-ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!