
Ana xolos! "Manchester Siti" sardori "Liverpul"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi David Silva APLning 12-go turidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi muhim bellashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra ispaniyalik futbolchida mushaklari bilan bog‘liq jarohat paydo bo‘lgan va u taxminan 10-12 kun maydonga tusholmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Manchester Siti" uchrashuvi 10 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, David Silva joriy mavsum “Manchester Siti” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar