
Ana xolos: “Manchester Yunayted” xo‘jayini Xavini tanladi
“Barselona”dan iste’foga chiqarilgan Xavi Ernandes faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, ispaniyalik murabbiyga “Manchester Yunayted” og‘iz solmoqda. Klub xo‘jayinlaridan ser Jim Retkliff jamoani aynan Xaviga topshirishni istayapti.
Hozircha, jamoa bosh murabbiy Erik ten Xagning ishdan ketishi haqida e’lon qilingani yo‘q. Shu bilan birga niderlandiyalik mutaxassisga kelasi mavsum jamoada ishlashi kafolatlanmadi ham.
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxatiga Maurisio Pochettino va Garet Sautgeyt ham kiritilgan.
Fikrlar