Ana xolos: “Manchester Yunayted”da boykot uyushtirishmoqchi

  • 19 avgust, 2023, 15:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati hujumchi Meyson Grinvudga nisbatan ichki tekshiruvni yakunlaganini, biroq hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini bildirdi.

Tecno

Ma’lumki, Meyson 2022 yilning boshida zo‘ravonlik va tajovuzda ayblangan, klub uni jamoadan chetlatgan edi. Bir yildan keyin 21 yoshli futbolchidan barcha olib tashlandi. Lekin klub ichki tekshiruv o‘tkazishga qaror qildi.

The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ning ayrim xodimlari Grinvudning jamoaga qaytarilishini istamayapti.

Agar o‘yinchi tarkibga qaytsa, xodimlarning bir guruhi boykot e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Ayrim ishchilar esa, ishdan ketishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!