Ana xolos! Meksika jamoasi rasmiy sahifasida Krishtianu Ronaldu transferini e’lon qildi

  • 11 avgust, 2020, 15:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksika chempionatining uchinchi divizionida ishtirok etadigan “Tlaskala” jamoasi Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dan ketishi haqidagi xabarlarga o‘ziga xos munosabat bildirdi.

Klub ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga futbolchilarning transferi rasman e’lon qilinadigan shaklda Ronalduning suratini joyladi.  

Meksikaliklar suratga izoh tarzida “Yuventus”dagilar, qo‘ng‘iroqlarimizga javob bering”, - degan murojaatni ham yozib qo‘ydi.

EfBYdjNXYAAydPd

“Yuventus”ning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan 35 yoshli Ronaldu esa, bu gap-so‘zlardan bexabar yaxtasida hordiq chiqarmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!