
Ana xolos! "Nasaf" maydonining maysasi "Navbahor" stadioniga olib ketilmoqda (FOTO)
Xabaringiz bor O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga jamoalariga yangi mavsumda bir nechta qat’iy talablarni qo‘ygan. Shulardan biri maydon masalasidir.
Bu borada ko‘plab stadionlar qatori Namangandagi “Navbahor” markaziy o‘yingohida ham katta ishlar boshlab yuborilgan. Bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda stadion maydoniga “Nasaf” klubiga tegishli zaxira maydonidagi maysa ko‘chirib olib kelinmoqda.






Eslatib o‘tamiz, dastlab Namangandagi stadionga Gollandiyadan maysalar olib kelinishi aytilayotgan edi.
Fikrlar