Ana xolos: Neymar faoliyatini yakunlaydigan bo‘ldi

  • 09.02.2026 06:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Santos” klubining 34 yoshli hujumchisi Neymar, agar jahon chempionatiga chaqirilmasa, joriy yilda futbolchilik faoliyatini yakunlash variantini ko‘rib chiqmoqda.

Manbalarda qayd etilishicha, jahon chempionatida ishtirok etish va unda g‘alaba qozonish Neymar uchun futbolda qolgan yagona motivatsiyadir.

Bu haqida The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Neymar tizza jarohatidan to‘liq tiklanish va jahon chempionatiga tayyor bo‘lish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda.

Dekabr oyi oxirida hujumchi jarohatini operatsiya qildirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Neymarning bozor qiymati ayni paytda 10 million evroni  tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!