Ana xolos: Neymarni Evropaga qaytaradigan klub topildi

  • 25.07.2025 07:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yilgi jahon chempionati Braziliya terma jamoasiga etakchilik qilishi kutilayotgan Neymarning kelajagi yana Evropa bilan bog‘lanishi mumkin.

33 yoshli yulduz anchadan beri “ko‘hna qit’a”ga qaytish yo‘llarini qidiryapti. Neymar jahon chempionatiga qadar yuqori sport formasiga erishish uchun aynan Evropaning raqobat kuchli ligalarida to‘p tepishni orzu qilmoqda.

Neymarga bu imkoniyatni beradigan klub topildi. Frantsiya chempionatida amaldagi chempion – “Pari Sen-Jermen”ga raqobat ko‘rsatish uchun tarkibini sezilarli darajada kuchaytirayotgan “Marsel” Neymarni olib kelmoqchi.

Manbaning yozishicha, marselliklar Neymar transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishgan. Ular bu savdo oson kechmaligini juda yaxshi biladi. “Marsel” mutasaddilari transferni uddalashda Neymarning Evropaga qaytish istagi hal qiluvchi omil bo‘lishiga ishonmoqda.

Braziliyalik yulduz esa, “Barselona” va PSJdagi yulduzli onlaridan keyin yana Evropaga qaytib, faoliyatida yangi sahifa ochishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!