
Ana xolos! Polsha terma jamoasi JCh-2022 pley-off bosqichi doirasida Rossiyaga qarshi o‘ynashdan bosh tortmoqchi
Polsha terma jamoasi JCh-2022 pley-off bosqichida Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynashdan bosh tortmoqchi, deb xabar bermoqda Przeglad Sportowy.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, pley-offning yana bir juftligi - Chexiya va Shvetsiya terma jamoalari ham Polshaning yo‘lini tanlashi mumkin. Bularning sababi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti sifatida aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya - Polsha uchrashuvi 24 mart kuniga belgilangan.
Fikrlar