Ana xolos! PSJ delegatsiyasi "Oltin to‘p" marosimiga bormaydi

  • 21.09.2025 18:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, ertaga "France Football" mavsumning eng yaxshilarini aniqlaydi. Shu jumladan, "Oltin to‘p" ham o‘z egasini topadi. 

Hayratlanarlisi, ushbu marosimga PSJ futbolchilari bormaydi. Sababi, bugun bo‘lib o‘tishi kutilgan "Marsel" - PSJ bahsi noqulay ob-havo sharoiti tufayli ertanga qoldirildi. 

Shu tariqa, Parij klubining "Marsel"ga qarshi bahsi ertangi marosim bilan parallel tarzda o‘tadi. Shunday bo‘lsa-da, ayni vaqtda jarohatda bo‘lib turgan Usmon Dembele ertangi marosimda ishtirok etishi mumkin. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!