Ana xolos! "Real" hujumchisi 3 yilga qamalishi mumkin
"Real" Madrid forvardi Luka Yovich Serbiyadagi karantin qoidalarini buzgani uchun 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchi Jinoyat kodeksining 248-moddasiga ko‘ra ayblanmoqda. Ushbu moddada 3 oydan 3 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.
Yovich Ispaniyadan qaytib kelgach, Serbiyada 2 haftalik karantinga olingan edi. Biroq, u o‘z mas’uliyatini unutib, karantin qoidalarini buzgan. U esa o‘z harakatlarini qonunga hilof ekanidan bexabar ekanini aytgan.



Fikrlar