Ana xolos: “Real” kutilmaganda “Barsa” yulduzini oladigan bo‘ldi

  • 25.04.2026 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi kutilmaganda ashaddiy raqib – “Barselona” yetakchilaridan biri Pedrini olish harakatiga tushdi.

Bu haqida Marca nashri yozdi.

Radio MARCA ma'lumotiga ko‘ra, jurnalist Roberto Gomes La Tribu dasturi efirida aynan Pedri “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoada ko‘rishni istaydigan futbolchi ekanini aytgan.

- Madridning “Real” jamoasi sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchi va shaxsan uning prezidenti istaydigan o‘yinchining ismi Pedri, - dedi Roberto Gomes jonli efir vaqtida.

Bu bayonotdan so‘ng studiyada darhol ehtimoliy transfer muhokamasi boshlandi. Dastur boshlovchisi Raul Varela bunday transfer o‘ta kam ehtimolli ekanini ta'kidladi, chunki futbolchining “Barselona”dagi maqomi va ikki grand o‘rtasidagi prinsipial raqobat muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, efirda tarixda “Barselona” va “Real” o‘rtasida transfelar bo‘lgani esga olindi. Ular qatorida Bernd Shuster, Mikel Soler, Luis Milya va Luish Figu bor. Ayniqsa, Figuning transferi o‘z vaqtida jahon futbolidagi eng shov-shuvlilardan biri bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, madridliklar tarkibdagi o‘zgarishlar va yarim himoyani yangilash fonida markazni kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda. Biroq hozircha Pedrining ehtimoliy transferi amaliy variantdan ko‘ra ko‘proq istakka o‘xshaydi.

Joriy mavsumda Pedri “Barselona”ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lib qolmoqda va klub loyihasining muhim qismi hisoblanadi.

Ushbu mavsumda ispaniyalik futbolchi Kataloniya klubi safida 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Pedrining bozor qiymati 150 million evroni tashkil qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!