Ana xolos! “Real” orzu qilgan murabbiylar klub taklifini rad etdi

  • 31.05.2021 18:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan o‘ziga ishonchsizlikni sezgani uchun “Real”ni tark etganidan keyin “Qirollik klubi” rahbariyatining yangi bosh murabbiy topishi ancha qiyin kechmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Zidanning o‘rniga kelishi kutilgan Massimiliano Allegri “Yuventus”ni boshqaradigan bo‘ldi. “Inter”ni Italiya chempioni qilgan Antonio Konte va “Real” yoshlar jamoasini muvaffaqiyatli boshqarayotgan Raul “Real”ni qabul qilib olishdan bosh tortdi.

Hozircha, bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida Belgiya terma jamoasini boshqarayotgan Roberto Martines nomi ilgari surilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!