
Ana xolos! "Real" yulduzi avval "Barselona"ga muxlislik qilgan ekan
"Barselona"ning Braziliyadagi sobiq skauti Andre Kyuri jamoaning asosiy raqobatchisi "Real" vakili Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.
"Vinisius oldin "Barselona"ga muxlislik qilgan. U kataloniyaliklar PSJ ustidan 6:1 hisobida g‘alaba qozongan kechada yig‘lagan. Bu quvonch ko‘z yoshlari edi. Junior haqiqiy muxlis bo‘lgan. Uning "Barsa"ga o‘tishi hal bo‘lgandi. Vinisiusning ikkala agenti ham mening do‘stlarim edi.
Faqatgina futbolchining imzosi kerak bo‘lgan paytda, ular menga xiyonat qilishdi. O‘sha kundan beri men ular bilan gaplashmadim", - dedi Kyuri "Cadena SER"ga bergan intervyusida.
21 yoshli futbolchi 2018 yildan beri "Qirollik klubi" sharafini himoya qilib keladi. Bu vaqt oralig‘ida u 130 uchrashuvda maydonga tushib, 21 gol va 28 asisstga mualliflik qilgan.
Fikrlar