Ana xolos: “Siti” xo‘jayinalari Gvardiolaga supertransferni taqiqaldi
“Real” hujumchisi Vinisius Juniornig klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turgani Yevropaning qator klublarini unga bo‘lgan qiziqishini oshirib yubormoqda.
Xususan, braziliyalik yulduz “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tish imkoniga ega bo‘lgan edi. Jurnalist Sasha Tavolierining ma’lumotiga ko‘ra, Vinisiusning agentlari o‘z mijozining xizmatlarini “Manchester Siti”ga taklif qilgan.
Shuningdek, ular “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan ham muzokaralar o‘tkazib, o‘yinchini olisha ko‘ndirishga harakat qilgan.
Ispaniyalik mutaxassisga Vinisiusni jamoaga qo‘shib olish g‘oyasi ma’qul kelgan, biroq “Manchester Siti” rahbariyati e’tiborni boshqa futbolchilarga qaratishga qaror qilgan.
Vinisius Junior 2018 yildan beri “Real” safida o‘ynab kelmoqda. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda forvard 31 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar