
Ana xolos! Turkiyalik futbolchi o‘z o‘g‘lining qotiliga aylandi
Turkiyaning "Bursa Yildirim Spor" havaskor klubi futbolchisi Tsevxer Toktash o‘zining 5 yoshli o‘g‘lini o‘ldirdi.
Dastlab bolakay koronavirus alomatlari bilan kasalxonaga olib kelingan, aynan nafas etishmovchiligi tufayli shifokorlar ham uning hayotini saqlab qolisholmagan.
Covid-19 talqini bo‘yicha o‘lim holati rasman qayd etilishi ham mumkin edi, ammo oradan 11 kun o‘tgach Toktash politsiyaga borgan va o‘g‘lini o‘zi o‘ldirganini tan olgan. U farzandini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shuningdek, u bolasini hech qachon yaxshi ko‘rmaganini ham aytgan.
Endi futbolchi sud oldida javob beradi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Fikrlar