Ana xolos. "UFC 311" turniri o‘tkazilmasligi mumkin!

  • 10 yanvar, 11:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 19 yanvar kuni "UFC 311" turniri bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Biroq mazkur oqshomga mazbonlik qilishi belgilangan Los-Andjelesdan juda xavotirli xabarlar kelmoqda!

Tecno

Hozirda shahar va shahar atrofidagi hududlarda Kaliforniya tarixidagi eng yirik yong‘inlardan biri sodir bo‘lmoqda.

Kuchli shamol vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Shuningdek, shaharning o‘zi ham tabiiy ofatga tayyor emasligi sabab holat ancha jiddiylashmoqda.

Shu bois ko‘plab mutaxassislar "UFC 311" xavf ostida bo‘lishi mumkin, degan taxminlarni bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!