Ana xolos! Xabib Nurmagomedov ishtirokidagi matbuot anjumani qoldirildi

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, UFC ning engil vazndagi chempioni Xabib Nurmagomedov Toshkentda bo‘lib turibdi. Bugun, dog‘istonlik jangchi  ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi kerak edi.

Tecno

Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra, bugungi matbuot anjumani o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Rejalarga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, katta ehtimol bilan ertaga GFC 20 ishtirokchilarining an’anaviy tarozidan o‘tish va ko‘z urushtirish marosimi oldidan ushbu tadbir o‘tkazilishi mumkin.

Turnir tashkilotchilari yuzaga kelgan ushbu noqulay voqeylik uchun uzr so‘raydi. Tez orada matbuot anjumanining aniq vaqti bo‘yicha ma’lumot berishga harakat qilamiz.  Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!