Ana xolos: Islom Maxachev va Xamzat Chimaev o‘zaro jang qiladimi?
O‘rta vaznda UFC chempioni Hamzat Chimaevning murabbiylaridan biri Alan Do Nascimento "Borz" va yarim o‘rta vazn chempioni Islom Maxachev o‘rtasidagi jang ehtimolini baholadi.
"Ular bir-birlariga nisbatan juda qattiq hurmatda, lekin birga mashq qilishmaydi. O‘zaro jangga kelsak, Chimaev va Maxachev diniy qadriylarga anchagina e’tiborli. Shu bois bu to‘qnashuv sodir bo‘lishiga ishonmayman. Shuningdek, Hamzatga ham Islom singari vaznni pasaytirishdan ko‘ra ko‘tarish osonroq", – deya Nascimento ning so‘zlarini keltirdi "Low Kick MMA".
Eslatib o‘tamiz, Maxachev "UFC 322" turnirida Jek Maddalenani, Chimaev esa Drikus dyu Plessini engib, chempionga aylandi.
Fikrlar