Ana xolos! Yozda "Chelsi"ni birdaniga 8 ta futbolchi tark etadi

  • 29.02.2020 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida futbolchilarning ommaviy sotuvini yo‘lga qo‘ymoqchi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” mavsumlar oralig‘ida birdaniga 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.

Gap Kepa Arrisabalaga, Kurt Zuma, Markos Alonso, Emerson Palmeri, Jorjino, Ross Barkli, Pedro va Villianlar haqida ketmoqda. Aytish kerakki ushbu futbolchilarning ayrimlari shartnomasi tugagani bois “Chelsi”ni erkin agent sifatida tark etadi.

London grandi ushbu futbolchilar sotuvidan taxminan 175 million evro ishlab olmoqchi va bu pullarga yana 350 million evro qo‘shib, Jeydon Sancho, Dayot Upamekano, Yan Oblak, Ben Chiluell va Timo Verner kabi futbolchilarni xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!