
Ana xolos! "Yuventus" Salohni qo‘lga kiritish uchun Dibaladan voz kechishga tayyor
"Liverpul" klubi forvardi Muhammad Saloh "Yuventus"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 26 yoshli misrlik futbolchining transferiga o‘zining argentinalik hujumchisi Paulo Dibalani ham qo‘shishga tayyor.
Ta’kidlash kerakki, turinliklarning asosiy transfer nishoni baribir “Fiorentina” forvardi Federiko Keza hisoblanadi. Biroq, ular shu bilan birga Salohni ham sotib olishga urunib ko‘rishadi.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar