Ana xolos! Zidan Marseloning "Real"dan ketishiga rozilik bildirdi
"Real" Madrid klubi himoyachisi Marseloning jamoadan ketishi tobora haqiqatga aylanib bormoqda.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli braziliyalik futbolchining o‘zi jamoadan ketish istagini bildirgan va bosh murabbiyi Zinedin Zidandan bunga ruhsat olgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Marseloga “Arsenal”dan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytish kerakki, londonliklardan tashqari unga shuningdek PSJ, "Yuventus" va "Milan" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Marselo “Real” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar