
Anchelotti "Arsenal"ga qarshi himoyada kutilmagan o‘zgarish qilishi mumkin
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi birinchi uchrashuv oldidan jamoa tarkibida o‘zgarish qilishni rejalashtirmoqda.
"Relevo" nashrining xabar berishicha, David Alaba uchrashuvda chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushishi mumkin. Bu qaror Ferlan Mendining jarohat olgani sababli ko‘rib chiqilmoqda.
Avstriyalik markaziy himoyachi Alaba o‘tgan shanba kuni La Liganing “Valensiya”ga qarshi bahsida (1:2) 77-daqiqada maydonga tushib, aynan chap qanotda harakat qilgan edi.
Shuningdek, uning ushbu pozitsiyadagi tajribasi ham etarlicha — u “Bavariya” safida ko‘p yillar davomida chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynagan.
Manbaga ko‘ra, Anchelotti uchun bu tekshirilgan va ishonchli variant hisoblanadi. Endi esa u “Arsenal”ga qarshi muhim to‘qnashuvda Alabani aynan ushbu rolda qo‘llashni rejalashtirmoqda.
Fikrlar