
Anchelotti: "Biz g‘alabaga haqli edik"
Chempionlar ligasinig yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Manchester Siti" bahsi 1:1 hisobi bilan tugadi. Ikkita super gol urilgan uchrashuvdan keyin Karlo Anelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menimcha, biz g‘alaba haqli edik. O‘yinni nazorat qila oldik. Shanba kuni kubok finalidan keyin dam olmaganimizni hisobga olsak, biz juda yaxshi o‘ynadik. Bor e’tiborni Xolandga qaratmadik. Yarim himoyachilarimiz De Bryune va Gyundoganni to‘xtata oldi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi ikkinchi bahs "Etixad"da 18-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar