Anchelotti: "Biz yana finalga chiqishni xohlaymiz" (Matbuot anjumani)

  • 31 mart, 16:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real Sosedad"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyaliyalik mutaxassis bo‘lajak uchrashuv bilan birga, bir nechta futbolchilarning holati haqidagi qiziqarli savollarga javob berib o‘tdi. 
 
"Biz yaxshi formadamiz va yana bir bor finalga chiqishni juda xohlaymiz. 
 
Mbappe Krishtianu Ronalduning "Real"dagi yutuqlariga erishishini va klub afsonasiga aylanishini tilayman. 
 
Lunin finalda o‘ynaydimi? Ha... ko‘ramiz, nima bo‘ladi. Kurtua ham, Lunin ham o‘ynashga tayyor. Agar ikkisi ham jarohat olsa, bizda uchinchi darvozabon — Fran Gonsales bor. Agar finalga chiqa olmasak, hech kim o‘ynamaydi. 
 
Fran Garsiya jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mendi va Sebalos esa "Arsenal" ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lish uchun astoydil harakat qilishmoqda" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" 1 apreldan 2 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bila 00:30 da "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!