Anchelotti Braziliya terma jamoasida 2030 yilgacha qoladi
Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 2030 yilgacha ishlashda davom etadi.
"Globo" nashrining xabariga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) va italyalik mutaxassis JCh–2030gacha shartnomani uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Kelishuv fevral oyining ilk haftalarida rasmiy imzolanishi kutilmoqda.
Ayni paytda Anchelotti yiligа taxminan 10 million yevro maosh olyapti — bu terma jamoalar murabbiylari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, JCh–2026da g‘alaba qozonilsa, 5 million yevro miqdorida bonus ham nazarda tutilgan.
Yangi shartnoma shartlari deyarli o‘zgarishsiz qoladi, ammo ayrim yutuqlar uchun beriladigan bonuslar qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar