Anchelotti "Chelsi"ga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun Londonga bormadi. Chunki...

  • 05.04.2022 15:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bugun “Chelsi”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 finali dastlabki o‘yinida ishtirok etish uchun jamoa a’zolari bilan Londonga uchmadi.

Aksariyat ispan manbalariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis hali koronavirusdan to‘liq sog‘aymagan.

Biroq Anchelotti ertaga o‘yindan oldin “Real” tarkibiga borib qo‘shila oladi. Buning uchun uning Covid-19 ga topshirgan test javoblari manfiy chiqishi kerak. Shundan so‘ng unga Londonga uchishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2009 yildan 2011 yilgacha "Chelsi"ni boshqargan. Italiyalik murabbiy London klubi bilan birgalikda APL va Angliya kubogida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!