Anchelotti derbidan oldin futbolchilarga talab qo‘ydi

  • 29 sentabr, 2024, 18:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Alaves”ga qarshi so‘nggi o‘yinda futbolchilari hakamning qarorlariga ko‘p norozilik bildirishgandan qattiq jahli chiqqan.

 Marca xabariga ko‘ra, italiyalik murabbiy "Atletiko Madrid"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan derbida bunday bahslarga taqiq joriy qilgan. Anchelotti o‘z futbolchilarini faqat o‘yinga e’tibor qaratishni so‘ragan.

Anchelottining talabi Vinisiusga tegishli, braziliyalik vinger hakam bilan tez-tez bahslashgani tufayli ko‘p kartochka oladi va turli hil noxush vaziyatlarga duch keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
29/09/2024 20:11
Олга РЕАЛ