Anchelotti eng kuchli besh futbolchi nomini aytdi

  • 23 yanvar, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘zining qo‘l ostida shug‘ullangan eng kuchli besh nafar futbolchi nomini aytdi.

Tecno

Italiyalik mutaxassis Give me Sport nashriga bergan intervyusida ko‘pchilikni qiziqtirgan savolga ham javob berishni ma’lum topdi.

- Men shug‘ullantirgan eng zo‘r futbolchilar Ronaldo Nazario, Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibrohimovich, Karim Benzem va Vinisius Junior, - dedi Karlo Anchelotti.

Anchelotti uzoq yillik faoliyati davomida “Real”ga ikki bor ustozlik qilgan. Dastlab, italiyalik mutaxassis 2013-2015 yillar davomida jamoani muvaffaqiyatli boshqargan.

Madridga ikkinchi marotaba 2021 yili taklif etilgan Anchelotti hamon “Real”da bosh murabbiylik qilyapti. Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilardan faqatgina Vinisius Junior ayni paytda "Real"da o‘z ustozi bilan birga ishlamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!