Anchelotti: "Futbolchilarim tanaffusdan jarohatlarsiz qaytgani yaxshi bo‘ldi"

  • 23.11.2024 20:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Anchelotti La Liganing navbatdagi tur o‘yini va Kilian Mbappening holati haqida gapirdi. 

"Jamoa yaxshi formada, FIFA kunlaridan muammosiz qaytib kelishdi. Klub ixtiyorida qolganlar esa yaxshi ishladilar. Biz albatta navbatdagi uchrashuvlarni yaxshi boshlashni xohlaymiz. 

Agar Mbappe haqida gapiradigan bo‘lsam, u tanaffus davomida o‘z ustida yaxshi ishladi. Keyingi bahslarda u o‘zining barcha kuchli jihatlarini ko‘rsata oladi degan umiddaman" - dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida. 

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" Ispaiya La Ligasining 14-turida safarda "Leganes" bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv ertaga Toshkent vaqt bilan 22:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!