Anchelotti Kazemironing MYuga ketishiga qarshi chiqqan

  • 17 yanvar, 2023, 13:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda “Manchester Yunayted”ga 80 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Kazemironi qo‘yib yuborishni istamagani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Diario AS xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining "Old Trafford"ga sotilishiga qarshi chiqqan. Anchelotti jamoada Kazemiro va Tchuameni o‘rtasida rotatsiya qilmoqchi bo‘lgan. Biroq rahbariyat vaziyatni boshqacha baholadi. 30 yoshli futbolchi jamoani tark etish niyatida bo‘lgani uchun "qirollik klubi" rahbariyati uning ketishiga to‘sqinlik qilmadi.

Kazemiro joriy mavsum Angliya premer-ligasida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Bu braziliyalik futbolchining 2020/21 yilgi mavsumdan keyingi faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!