Anchelotti: "Kurtuadan ataylab gol o‘tkazib yuborishini so‘raganman"

  • 16.11.2025 11:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘yinchilari bilan ishlashning g‘ayrioddiy usuli haqida gapirdi. 

"Ba’zan men "Real Madrid" mashg‘ulotlarida Tibo Kurtuadan hujumchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun ataylab gol o‘tkazib yuborishini so‘raganman", dedi Anchelotti.

Kecha, 15 noyabr kuni Braziliya o‘rtoqlik uchrashuvida Estevao va Kazemironing gollari evaziga Senegalni mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik murabbiy bu yoz boshida "pentakampeonlar" bosh murabbiyiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!