Anchelotti: Men "Real"dan keyin boshqa klubni boshqarishni xohlamadim...

  • 23 may, 17:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining mavsum yakunida iste’foga chiqishi ma’lum bo‘ldi. Anchelotti ushbu vaziyatga izoh berib, "qaymoqranglilar" muxlislarining unga bo‘lgan muhabbati tufayli boshqa klubda ishlamasligini aytib o‘tdi.

Tecno

"Boshqa klubga bosh murabbiy bo‘lmasdan ketish bu men uchun yagona yo‘l edi. Bunga sabab muxlislarining muhabbati. Men "Real"dan keyin boshqa klubni boshqarishni xohlamadim va hozir ham xohlamayman. Terma jamoalarda ishlash niyatim bor edi. Endi esa Braziliya bilan Jahon chempionati ishtirok etaman. Hozir juda hayajondaman"- deya o‘z fikrlarini bildirdi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Karlo "qirollik klubi" tarixida eng ko‘p sovrin yutgan murabbiy hisoblanadi. U 6 yil ishlab, jami 16 ta kubok yutdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!