
Anchelotti mish-mishlarga yakun yasadi
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “qaymoqranglilar” uchun transfer bozori yakunlaganini aytdi.
“Men klub atrofidagi transfer mish-mishlari haqida gapirmoqchi emasman, lekin shuni ma’lum qilamanki, bu yozda biz boshqa hech kim bilan shartnoma imzolamoqchi emasmiz. Jamoada hozir barcha pozitsiya uchun iqtidorli futbolchilar bor”, - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi “Marca” nashri.
“Real” klubi yozda Orelen Chuameni va Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzoladi.
Chuameni “Bordo” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2020 yilda “Monako”ga 18 million evro evaziga o‘tgan. O‘tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasidagi 50 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 3ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan
Antonio "Real"ga erkin agent sifatida va “qaymoqranglilar” bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Nemis futbolchisi 2017 yildan beri Londonning “Chelsi” klubida sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ryudiger “aristokratlar” bilan Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va UEFA Superkubogi kabi sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar