
Anchelotti Mourinoga yaqinlashib oldi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “qirollik klubi”dagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi.
Aniqrog‘i, Ispaniya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Elche"ga (2:1) qarshi bahs italiyalik mutaxassis uchun “Real” boshqaruvidagi 150-o‘yin bo‘ldi.
Anchelotti 150 talik dovondan oshgan "Real"ning sakkizinchi murabbiyiga aylandi. Karlo ota bu boraa Migel Munos (605), Zinedin Zidan (263), Visente Del Boske (246), Leo Benxakkera (197), Luis Molovni (183), Joze Mourinyu (178) va Fransisko Bru (160) kabi mutaxassislardan ortda qolmoqda.
62 yoshli Anchelotti 2013-2015 yillarda ham “Real”ni boshqargan.
Fikrlar