Anchelotti Neymar nega terma jamoaga chaqirilmaganiga izoh berdi

  • 17.03.2026 01:34
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning mart oyidagi yig‘in uchun tarkibga kiritilmagani haqida fikr bildirdi.

"Santos" hujumchisi Frantsiya va Xorvatiyaga qarshi 26 va 31 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun yakuniy ro‘yxatga kiritilmadi.

"Neymar jahon chempionatiga borishi mumkin, agar u 100 foizlik formaga qaytsa. Nega men hozir Neymarni chaqirmadim? Chunki u hozircha to‘liq tayyor emas, bizga esa aynan shunday holatdagi futbolchilar kerak.

U ishlashda davom etishi, o‘ynashi, o‘z sifatlarini namoyish qilishi va yaxshi jismoniy holatni saqlab turishi kerak", — dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!