Anchelotti Neymardan tashqari Vinisiusni ham jahon chempionatiga olib ketmasligi mumkin

  • 01.12.2025 20:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionatiga o‘sha paytda 100 foiz tayyor bo‘lgan o‘yinchilarnigina jalb etishini ma’lum qildi.

Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, Neymardan tashqari Vinisius Juniorga ham taklif yuborilmasligi ehtimoli bor.

- Neymar terma jamoaga chaqirilishi uchun 100 foiz tayyor bo‘lishi talab etiladi. Juda ko‘p zo‘r o‘yinchilar bor, men ular orasidan faqat to‘liq tayyor bo‘lganlarini olishim kerak. Bu talab faqat Neymarga tegishli emas, Vinisiusga ham talab shu.

Agar Vinisiusning hozirligi 90 foiz bo‘lsa ham, men uning o‘rniga boshqa futbolchini chaqiraman. Chunki bu jamoaning mahorati eng oliy darajada. Ayniqsa, hujum chizig‘i shunday. Zo‘r hujumchilar etarlicha topiladi, - dedi Karlo Anchelotti.

Navbatdagi jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.  11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadigan mundialda ilk bor 48 ta mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!