
Anchelotti o‘rniga Xabi Alonso keladi
Madridning “Real” klubi Karlo Anchelottining o‘rniga nomzod bo‘lish borasida bir qarorga keldi. Italiyalik mutaxassis 2023/2024 yilgi mavsum yakunida “qirollik klubi"ni tark etadi va Braziliya terma jamoasida ishlashga ketadi.
"Caughtoffside" nashri xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar"ni boshqarish uchun jamoaning sobiq yarim himoyachisi va hozirda "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso favorit hisoblanadi. 41 yoshli mutaxassis Leverkuzen jamoasini 2022 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning "dorichilar" bilan shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Real" Madrid La Ligada vitse-chempion bo‘ldi.
Fikrlar