Anchelotti o‘zini hayratga solgan “Real”ning uch o‘yinchisi nomini aytdi
Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Real” Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich oltinchi turida Bergamoda “Atalanta”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Madridliklarga g‘alaba keltirgan gollar Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellingem hisobiga yozildi.
Karlo Anchelotti uchrashuvdan keyin o‘zini hayratga solgan o‘yinchilar borligini tan oldi.
- Bu gal ajoyib o‘yin ko‘rsatgan futbolchilar bor. Daniel Sebalos ajoyyu o‘ynadi va bu menga juda yoqdi. Fran Garsiya ham yuqori saviyada o‘ynadi. Braim Dias meni qoyil qoldirdi, - dedi italiyalik mutaxassis.
Bu g‘alabadan keyin madridliklar umumiy reytingda 18-pog‘onaga ko‘tarilib oldi va keyingi bosqichga chiqish uchun kurashish imkonini saqlab qoldi.



Fikrlar